2025-yil 19-sentabr kuni Surxondaryo pedagogika texnikumida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Denov tuman IIB kapitani Jamshid Abdurasulov va katta leytenant Sh.Amirqulovlar bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadlari:
1 jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish;
2 yoshlar va aholining huquqiy ongini va madaniyatini oshirish;
3 fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyat, qonunlarga hurmat va fuqarolik burchini anglash tuyg‘usini shakllantirish;
4 ichki ishlar organlari, ta’lim muassasalari, mahalla va boshqa jamoatchilik tuzilmalar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash.
Uchrashuv davomida jinoyatchilikka qarshi kurashishning mexanizmlari, har bir hudud bo‘yicha aniq misollar keltirilib tushuntirildi.