Surxondaryo pedagogika texnikumida "Ustozlarga ehtirom" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va minnatdorlik so‘zlari bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ustoz — nur sochuvchi shamchiroq, qalblarga ilmu ma’rifat ziyo taratadi, degan ezgu so‘zlar tadbir shioriga aylandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarda ustozlarga nisbatan hurmat va e’tibor tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.