.jpg)


2025-yil 27-dekabr kuni Surxondaryo pedagogika texnikumida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda texnikum rahbariyati, ustoz-o‘qituvchilar hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Bayram dasturi doirasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan rang-barang sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va bayramona chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida Zakovat o'yinlarida, tadbirlarda sport musobaqalarida g'olib bo'lgan guruhlar va o'quvchilarga texnikum rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va estalik sovg'alari topshirildi.
Shuningdek, faol va iqtidorli o‘quvchilar hamda tadbir tashkilotchilari e’tirof etilib, ularga minnatdorlik bildirildi. Ushbu bayram tadbiri barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va unutilmas xotiralar ulashdi.
Yangi yil barchamizga tinchlik, omad va zafarlar olib kelsin!