



Surxondaryo pedagogika texnikumi 1-1 guruhi “Tikuvchi “ kasbiga Maktab yoshidagi qiz bolalar soʻraganini yigʼib tikish va oxirgi ishlov berish (NII)" mavzusida oʼquv amaliyot dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Darsni ishlab chiqarish ta’limi ustasi S.Tursunova olib bordi. Dars jarayonida o‘quvchilar qiz bolalar sarafanini yigʼib tikish, model tanlashni, bichishni, andoza tayyorlashni, mato tanlash hamda tikuv mashinalarida ishlash sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirdilar. Ustozning amaliy ko‘rsatmalari va o‘quvchilarning ijodiy yondashuvi natijasida mashg‘ulot jonli, qiziqarli va samarali o‘tdi. Amaliyot davomida o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan yaratayotgan har bir tikuvda san’at, did va mahorat uyg‘unlashdi.