



Surxondaryo pedagogika texnikumida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida navbatdagi “Kelajak soati” darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek mumtoz adabiyoti, tarix hamda milliy ma’naviyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, ularning boy ilmiy-adabiy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi-yoshlar buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.