Blog Image

⚽️ SURXONDARYO PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA FUTBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

 Surxondaryo pedagogika texnikumida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
    ⚽️Musobaqada texnikumning faol va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilari jamoalar tarkibida ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mahoratlarini namoyon etdilar.